Soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan kitob mutolaasi muhimligi, yoshlar, rahbarlar orasida bu fazilatni targʻib qilish haqida koʻp bora taʼkidlanmoqda. Amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy izchil islohotlar jarayonida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Aslida ham, kitob va kitobxonlik insonlar ong-tafakkurini teranlashtirib, qalbiga eng goʻzal ezgu niyatlarni joylaydigan, ularni yaxshiliklar olamiga yetaklaydigan maʼnaviyat sarchashmasidir. Shuning uchun har doim kitob oʻqishga ehtiyojimiz bor.
Joriy yilning 29-iyul kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markaziga Surxondaryo viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari To‘rayev Jo‘rabek Abdullayevich tashrif buyurdi va tuman AKM ish faoliyatini o’rganib kitobxonlar uchun tashkil etilgan shart sharoitlar bilan tanishib o’z fikr mulohazalari va takliflarini bayon etdilar.