Joriy yilning 25 fevral sanasida Muzrabot tuman axborot-kutubxona markaziga tumanning 1-umumta’lim maktabining 10-sinf o’quvchilari va o’qtuvchilari tashrif buyurishdi.
Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’limi mutaxassisi S.Beknazarova Elchin Safarali qalamiga mansub “Bilsang edi…”nomli kitobi taqdimotini o’tkazdi. Kutubxonada tashkil etilgan “Tanishing yangi adabiyotlar”nomli kitob ko’rgazmasi bilan M.Esanova tanishtirdi.
So’ng TAKM xodimlari tomonidan o’quvchilar kutubxona bo`ylab ekskursiya tashkillashtirildi.
Ekskursiyada 22 ta ishtirokchi qatnashdi.

