Bugun Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markaziga 2023 yil 18 yanvar kuni Surxondaryo viloyat xokimligida o’tkazilgan yig’ilish bayonnomasining 30,31,32 bandlarida ko’zda tutilgan vazifalarni bajarish maqsadida Muzrabot tuman xokimining 2023 yil 10 fevral kunidagi 19-8-115-F/23-sonli farmoyishi asosida Tuman Axborot kutubxona markazining kutubxona fondini yangi adabiyot olish uchun mahalliy byudjet hisobidan ajratilgan 50 mln so‘m mablag’iga jami 393 nomdagi 1205 dona har xil turdagi kitoblar keltirildi. Tuman hokimi Abdurashid Ismailov ushbu kitoblarni kutubxonaga topshirar ekan, kutubxonaga a’zo bo‘lib, axborot-kutubxona markazining sharoiti bilan tanishdi. Tadbirda tuman hokimi o’rinbosari Shuxrat Azimov, tuman moliya bo’limi mudiri Ilhom Qo’shoqovlar ishtirok etishdi. Tadbir yakunida tuman hokimi boshchiligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida axborot-kutubxona markazi hovlisiga mevali ko’chatlar ekishdi.