Joriy yilning 24-fevral kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ekskursiya tashkil qilindi.Ekskursyaga tumanimizdagi 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchi yoshlari tashrif buyurdi. Axborot-kutubxona markazini Abonomentlar va foydalanuvchilarga hizmat ko’rsatish bo’limi rahbari tanishtirib o’tdi.Shu jumladan Axborot-kutubxona markazining AKT bo’limidagi QR kodli kitoblar bilan ham tanishtirib o’tdi.Ekskursiyada o’quvchi yoshlarning qiziqshidan kelib chiqqan holda kitoblar tafsiya qilindi.

