“Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir”

Yangiliklar

Joriy yilning 15-fevraldan 15-martgacha barcha hududlarda “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir” shiori ostida “Ayollarni e’zozlash” oyligi keng nishonlanmoqda.

Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha belgilangan yo‘l xaritasining 36-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

📍 “Yangi hayot” va ” Yo’lchi” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan tashkilotlarda jamoa joylariga tashrif buyurishib oilalarda kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan “Kitobxon ona – kitobxon bola” loyihasi keng targ‘ib qilindi.

👩‍👧‍👦 Suhbatlar davomida:
✨ Onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni
✨ Oilaviy kitobxonlikning ahamiyati
✨ Farzandlar qalbida mutolaa mehrini uyg‘otish yo‘llari haqida tavsiyalar berildi.

📖 Kitob o‘qiydigan ona – o‘qimishli, tafakkuri keng farzand tarbiyalaydi.
Chunki kitob bor uyda – ma’naviyat, mehr va tarbiya ustuvor bo‘ladi!