“Ayollarni e’zozlash oyligi” doirasida

Yangiliklar

📚 “Ayollarni e’zozlash oyligi” doirasida 📚
📖 Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Xulkaliyeva S. tomonidan tumanning “Yangi hayot” MFY hududida mahalla xotin-qizlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
📚 Tadbir davomida ayollar o‘rtasida kitob mutolaasining ahamiyati, ma’naviy kamolotda kitobning o‘rni haqida suhbat olib borildi hamda turli badiiy va ma’rifiy kitoblar tavsiya qilindi.
📖 Ishtirokchilar o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida fikr almashdilar, kitobxonlikni yanada rivojlantirish yuzasidan samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.
📚 Mazkur tadbir mahalla xotin-qizlari o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.