“Ayollarni e’zozlash oyligi” va Zulfiyaxonim tavalludining 111-yilligi munosabati bilan “Vafo va sadoqat kuychisi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida 2026-yil 15-fevraldan 15-martgacha davom etadigan “Ayollarni e’zozlash oyligi” va Zulfiyaxonim tavalludining 111-yilligi munosabati bilan “Vafo va sadoqat kuychisi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tumanning 13-DMTT tarbiyalanuvchilari hamda tumanning 1-maktab 6-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdi. Tadbir davomida Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi, uning qo‘shiqlari orqali milliy madaniyat va ma’naviyatni targ‘ib qilishdagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar kuychilik merosi, ma’naviy qadriyatlar va sadoqat tuyg‘ulari bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, yoshlar qalbida milliy g‘urur, hurmat va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qilindi.
Tadbir kitoblar ko‘rgazmasi va interaktiv savol-javoblar bilan boyitilib, o‘quvchilarni kitobxonlik va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirdi.