“Baxtli bolalik – yorqin kelajak” nomli bayram tadbiri hamda “Yosh kitobsevarlar”  klubi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar

“Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi.

Muzrabot Axborot-kutubxona markazida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab, “Baxtli bolalik – yorqin kelajak” nomli bayram tadbiri hamda “Yosh kitobsevarlar”  klubi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📝 Tadbirni “Axborot-bibliografiya xizmati” bo’limi rahbari U.Abdullayeva ochib berdi va bolalarga bo‘lgan mehr, ularning ijodiy dunyosi, kitobga bo‘lgan muhabbat, bolalar adabiyotining bugungi jamiyatdagi o‘rni haqida qiziqarli fikr-mulohazalar bildirdi.
Tadbir davomida bolalar turli xil kuy-qo‘shiqlar kuylashdi, o‘yinlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bolajonlar o‘zlarining iqtidorlarini ko‘rsatishdi, she’rlar o‘qishdi, qiziqarli savol-javoblar orqali bilim va dunyoqarashlarini sinovdan o‘tkazishdi
🎁 Tadbir yakunida faol qatnashgan o‘quvchilarga ustozlar tomonidan kitoblar topshirildi.