📚✨ Behbudiy tavalludi va jadid adiblari — ma’rifat sari yo‘l ✨📚
Ma’rifatparvar adib, jadidchilik harakatining yetuk namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludi munosabati bilan hamda jadid adiblari ijodini keng targ‘ib etish maqsadida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada Behbudiyning asarlari, shuningdek, jadid adabiyotining boshqa vakillari ijodiga oid badiiy va ma’rifiy adabiyotlar namoyish etildi. Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarda milliy uyg‘onish g‘oyalari, ma’rifat va taraqqiyotga intilish tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
📖 Jadidlar merosi — bugungi va kelajak avlod uchun ma’naviy xazina!

