Yaxshi kitob insonni jaholat, bilimsizlik, didsizlik, saviyasizlikdan asraydi. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish belgilangan. Ana shu maqsadni amalga oshirish maqsadida Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazining “Bolalar” bo’limi mutaxassisi Beknazarova S. va “Bilimdon yoshlar” va “Yosh kitobsevarlar” klubi a’zolari bilan hamkorlikda markazga kelgan yangi adabiyotlar targ’iboti o’tgazildi. Unda faol kitobxonlar klubi a’zolari qatnashdilar. Rang-barang ertak va hikoyalar, turli mavzulardagi ensiklopedik kitoblar o’quvchi-yoshlarda qiziqish uyg’otdi.

