«Bir nuroniy o’n yoshga ma’sul»

Yangiliklar

Muzrabot tumanida O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2023-yil 11-martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-92 sonli qarorini 4-bandi hamda “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 5 bandiga asosan har bir mahallada “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” loyihasi asosida uyushmagan va muammoli yoshlarga biriktirilgan nuroniylar o‘zlarining vakolat doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning 24-iyul kuni tuman markazidagi 10-sonli Bolalar Musiqa va san’at maktabi faollar zalida faol nuroniylar orasida  “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi va Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari o’zlarining navbatdagi «Bobolarim o’giti» mavzusida kitob targ’ibotini olib borishdi va kerakli tavsiyalarni berishdi.