Usmon Azim o‘zbek she’riyatining ufqini kengaytirib, nasriy she’rlardan barmoq vaznigacha bo‘lgan turli vaznlarda ijod qiladi. Dastlabki she’rlarida insonning davr va jamiyat hayotidagi o‘rnini tushunishga, davrning og‘riqli masalalariga e’tibor qaratdi va shu jarayonda minbar she’riyati unsurlaridan foydalandi. Keyinchalik, shoir ijodida voqelikni falsafiy-istioraviy obrazlar orqali idrok va tasvir etish maxrrati kuchayib bordi. 80-yillar ijodida ko‘zga tashlangan baxshiyona ruh she’riyatda yangi bir yo‘nalish yaratilishiga turtki bo‘ldi. 90-yillarga kelib, uning ijodida keskin o‘zgarish yuz berdi va she’rlarida sufiyona kayfiyat aks etdi.
2024-yilning 13-avgust kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi kirish zalida atoqli shoir Usmon Azim tavalludining 74-yilligi munosabati bilan «Biz bilan zamondosh bo’lgan o’zbek shoiri» nomli kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.