«Mukammal matn deganlari, aslida, yo‘q narsa. Xuddi butkul umidsizlik bo‘lmaganidek». Buni menga talabaligimda tasodifan tanishib qolgan bir yozuvchi aytgandi. Bu nimani anglatishini men ancha keyin tushundim — o‘sha kezda esa, bu, harqalay, bir tasalli edi. Mukammal matn yo‘q narsa, derdim o‘zimga o‘zim. Lekin baribir biror narsa yozishga kirishdim deguncha, umidsizlikka tushardim. Chunki men yoza oladigan mavzular doirasi tor edi. Masalan, fil haqida nimadir yoza olardim, ammo fil bilan muomala qilishni eplashim dargumon.
