📚 Kimning tashvishi yo’q
✍️ O’lmas Umarbekov
Kishining boshiga tashvish tushishi uni esankiratib qo‘yadi. Agar omad ketib, ular qo‘sha-qo‘sha bo‘lib kelsa, dunyo qorong‘i ko‘rina boshlaydi. Oxiri ko‘rinmas muammolar metin iroda sohiblarini ham tom maʼnoda,,sindirib” qo‘yadi. Biroq umri payoniga yetib qolgan keksalar uchun ana shu tashvish ham o‘zgacha mazmunga ega bo‘ladi. O‘sha kutilmagan tashvish ham juda shirin bo‘ladi. Darhaqiqat, hech bir ish qilmasdan zerikib yashashdan ko‘ra, kishining har tong o‘rnidan turishiga sabab bo‘la oladigan tashvishi bo‘lgani yaxshi. Asarni o‘qir ekansiz, tashvish borasidagi o‘y-fikrlaringiz o‘zgarayotganini his etasiz.