Biz sizga eng yaxshisini tavsiya qilamiz.

Yangiliklar

📚 Uch qalb nolasi
✍️ Bahriddin Murodzoda

Qadrli kitobxonlar!

Qo‘lingizdagi kitobni o‘qir ekansiz, inson qalbining ezgulik va yovuzlik oralig‘ida, insoniy va hayvoniy istaklar qarama-qarshiliklari girdobida chirpirak bo‘lib aylanishiga guvoh bo‘lasiz. Agar yaxshilab mulohaza qilsangiz, bu o‘tkinchi dunyoning turfarang ohanjamalaridan o‘zlikni himoya qilish va boqiy dunyoga yorug‘ yuz bilan borish uchun Odam farzandlariga har doim avvalo rahmoniy yo‘l ochiq-oydin ko‘rsatib qo‘yilishini ilg‘ab olasiz. Shu bilan birga, shaytoniy yo‘l ham mana man deb o‘ziga chorlab turadiki, ana shu chegarada insonga o‘zlikni anglash malakasi kerak bo‘ladi va bu uning taqdirini hal qiladi.