Biz sizga eng yaxshisini tavsiya qilamiz.

Yangiliklar

📖 Jeyms Joys – “Uliss”

✅ Bu asar ommaga mo‘ljallanmagan va unga qaratilmagan. Jeyms Joys bu asarini Yevropa va Amerika intellektuallari, aqliy, ilmiy o‘sishlarida ancha ilgarilab ketgan Freyd, Yung, Ezra Pauid, Elliot singari o‘ziga teng darajada turgan zamondoshlarini mo‘ljallab yozgan, ularning tushunishlari, aks-sado berishlari, bahs-munozaralarini nazarda tutgan. XX asrning yigirmanchi yillari boshlanishidayoq jurnalda bosilib chiqa boshlagan bu asarni tushunish qiyin deb butun dunyoda tan olingan. Lekin bu asarni tushunib bo‘lmaydi degani emas, aslo. Faqat «Ming bir kecha»ni o‘qish bilan «Uliss»ni o‘qishning farqi bor. «Uliss»ni o‘qish bu qattiq mehnatni talab qiladi. Uzluksiz bosh qotirishga, butun diqqat-e’tiborni shu asarga qaratishga, uning rang-barang olamlari ichida yashashga to‘g‘ri keladi. Uning ichiga chuqurroq kirib borganingiz sari adabiyotimiz bilan o‘xshash tomonlarni his qilib boraverasiz.