“Ikki eshik orasi”✍️O’tkir Hoshimov
Romanda 149 personaj qatnashadi, bu personajlar orasida asosiylari ham, ikkinchi darajalilari ham, hatto ko‘zga tashlanmaydigan uchinchi darajalilari ham bor. Boshqa romanlarda ko‘rilmagan bir hodisa borki, O‘tkir Hoshimov ana shu 149 personajning har biriga o‘ziga yarasha yuk qo‘ya olgan. Biron personajni roman matnidan ayro olib qo‘yib bo‘lmaydi. Shuhrat domla aytganidek, asardagi har bir harfni muallif «mixlab tashlagan».
Aytaylik, birovning noniga changal solib, yugurib ketayotgan joyida nonni chaynagan, olomon uni yerga yotqizib, ur kaltak qilganda ham non yeyishdan to‘xtamagan o‘ris bolani matndan bir chetga olib qo‘yilsa, front ortidagi dahshatlarning manzaralari kemtik bo‘lib qoladi.

