✍️Mar Bojiyev
📗Birovning baxti
Qo’lingizdagi ushbu kitob zabardast qirg’iz dramaturgi va adibi Mar Boyjiyevning nasriy asarlaridan tarkib topgan. Mar Boyjiyev Qirg’iziston xalq yozuvchisi, Qirg’iziston Milliy kinoakademiyasi akademigi, faxriy professor, “Manas ordeni” bilan taqdirlangan ijodkor. Adibning qissalarini o’qiganingizda uning mahoratini, o’z asarlarida qanday voqeani bayon qilmasin, inson qalbining eng nozik nuqtalarini, oniy his va hayajonini, qayg’u-alamlarini o’ta san’atkorona tasvirlay olishiga ishonch hosil qilasiz. Kitob keng o’quvchilar ommasiga mo’ljallangan.
