Biz sizga eng yaxshisini tavsiya qilamiz.

Yangiliklar

✍️Primqul Qodirov
📗Erk

Primqul Qodirov “Erk” qissasida Toshkentda 1966-yilda bo’lgan zilziladan keyingi holatlar: shaharni qayta tiklash, zamonaviylashtirish va metro qurish jarayonlari bilan birga oila qurish borasida o’z fikrlarini ham bayon etgan. Asarning asosiy qahramonlari — Sattor va Roziya obrazlarida hozirgi kun uchun ham dolzarb bo’lgan muammoni, ya’ni oila qurishda ikki yoshning dunyoqarashini e’tiborga olmaslikning oqibati qanday bo’lishini ko’rsatadi. Oiladagi asosiy mustahkam tayanch er-xotinning bir-biriga bo’lgan mehr-muhabbati ekanligi, agar mehr-muhabbat bo’lmas ekan, bu oilaning kelajagi boshi berk ko’chaga kirib qolishini ta’kidlaydi. Sattor uylangan va 4 yoshli farzandi bor. Roziya hali turmushga chiqmagan. Lekin bir tasodif tufayli ular uchrashadi va bir-biriga mehr qo’yadi. Xo’sh Sattor uylanganligi va farzandi borligini Roziya hali ga aytadimi?
Sattorning xotini Oyshaxonga bu munosabatlar qanday ta’sir ko’rsatadi?
Sattor kimni tanlaydi: oilasinimi yoki Roziyanimi?