Biz sizga tavsiya qilamiz.

Yangiliklar

📖 Bugungi kitob tavsiyasi

Nomi: Guliston

Muallif: Sa’diy Sheroziy

Sa”diy Sheroziyning “Guliston” asari faqat fors adabiyotining emas, umumadabiyotning mulkidir. Ushbu asar 1634 – yildayoq fransuz va boshqa tillarga tarjima qilingan edi. Mashhur adiblar Gyote, Gyugo va Pushkinlar o‘z davrida bu asardan qattiq ta’sirlanishgan.
Asar falsafiy – didaktik ruhda yozilgan bo‘lib, unda turli ko‘rinishdagi axloqiy masalalarga urg‘u beriladi. “Yomon bo‘lma, yolg‘on gapirma, birovga ozor yetkazma” kabi oddiy, biroq muhim haqiqatlar turfa hikoyatlar orqali badiiy aks ettirilgan.