📚 Voy, onajonim…
✍️ Tohir Malik
Inson hayotini nimaga o‘xshatish mumkin? Sokin oqayotgan daryogami yoxud ursur, talato‘p dunyogami? Axir, kimlar xato qilmaydi! Mol-dunyoga hirs qo‘yib, o‘ylamasdan qadam bosayotganlar qancha! qancha! Ular mehr-muruvvatni, yaqinlarini unutadilar. Oqibatda bundan boshqalar ham aziyat chekadilar, g‘am-anduhga mubtalo bo‘ladilar. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning hikoyalari jamlangan mazkur kitob sizni o‘ylashga, chuqur mushohada yuritishga, insoniylikni unutmaslikka undaydi…
