📚 Oqshom quyoshi
✍️ Rashod Nuri Guntekin
Sevgi naqadar buyuk tuyg‘u… Rashod Nuri Guntekin bu tuyg‘uning buyukligini isbotlab beruvchi o‘tkir qalam sohibi, turk adabiyoti namoyandalaridan biridir. U o‘quvchilariga zamon sinoviga dosh bergan, so‘z sehriga oshufta, elga manzur eng sara asarlarni tortiq etgan.
Ushbu asar qahramonlarining sevgini ibo-hayo, or-nomus pardalari ortiga zo‘r mashaqqatlar bilan berkita olishlari har bir kitobxonni hayratlantiradi va o‘quvchi yana bir bor yozuvchining mahoratiga tan beradi.
