📚 Unvonsiz rahbar
✍️ Robin Sharma
Qadrli kitobxonlar!
“Unvonsiz rahbar”- qisqa qilib aytganda, kasbiy va shaxsiy hayotdagi haqiqiy muvaffaqiyatga bag‘ishlangan zamonaviy masal. Bosh qahramon Bleyk Devis Nyu-Yorkda yashaydi. U kitob do‘konida ishlaydi, o‘z ishidan, hamkasblaridan va umuman, hayotdan norozi. Bleyk ota-onasidan erta judo bo‘lgan, Iroqda jang qilgan va hayotning bu zarbalaridan o‘ziga hamon kelolmaydi. Kunlarning birida otasining eski qadrdoni Tommini uchratib qolishi, uning hayotini butunlay o‘zgartirib yubordi.
