Biz sizga tavsiya qilamiz.

Yangiliklar

✍️ Tohir Malik
📚 “Halol nima-yu…harom nima”

📖 Bizdan nima qoladi? Albatta, yaxshilik! “Yaxshilik nima?,. Tashvishlarimizdan ortib, bir inson koʻnglini shod qila olganimizmi? Yoki bir kichik chumoliga rahm qilib, bosmay oʻtganimizmi?” deydi muallif. Bu kitobni oʻqish asnosida botiningizda nimadir gʻimir-lab qoladi. aziz oʻquvchi. Bilmaganlaringiz dunyo qadar ekanligini anglasangiz ham ajab emas. Qanday yashayotganingizga tiyrak koʻz bilan qaray boshlaysiz. Kimni aldadingiz, gʻiybat qildingiz, kimlarga ozor berdingiz… hamma-hammasi yodingizga kela boshlaydi. Shoyad, mardlik, olijanoblik fazilatlaringiz ortsa, odamlar qadriga yetsangiz… Zotan, mazkur kitob muallifi, xalqimizning sevimli yozuvchisi Tohir Malikning ham muddaosi shu.