✍️ Oskar Uayld
📚 “Dorian Greyning portreti”
📖 Kiborlar oilasida dunyoga kelgan, onameros husni tavajjuh egasi boʻlgan Dorian baxtli- saodatli yashashi uchun yetarlichа imkoniyatga ega boʻlgani holda taqdirning beshafqat hukmi bilan yuzma- yuz keldi. “Goʻzal narsaning ortida hamishа biron bir fojea yashirinib yotadi. Eng kamsuqum, eng arzimas bir gulning gullashi uchun ham dunyolar to’lg’oq azobini boshdan kechirmoqlari zarur”, deydi asar qahramonlaridan biri. Oskar Uayld adabiyotga ana shunday murakkab tabiatli qahramon timsolini olib kirdi va u orqali inson xohish- istaklarining chegarasini, hayotiy muvozanatning buzilishi qanday oqibatlarga olib kelishini yuksak badiiy mahorat bilan ko’rsatib berdi. Va asar millionlar qalbini zabt etdi, Dorian Grey obrazi esa kitobxon qayd daftariga bitildi.
