📚 Teskari ko‘zlar
✍🏻 Tohir Malik
Qadrli kitobxonlar!
Kulgiga tobingiz qalay ? Hayot tashvishlaridan biroz chalg‘ish uchun g‘uborlaringizni yozmoqchi bo‘lsangiz, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik kashf etgan va ushbu mo‘jaz kitobda tasvirlagan g‘aroyib sayyoradagi kishi topmas qishloqqa boring. Qishloq mahallalari ko‘chalarini oralab, o‘zingizga o‘xshagan sodda , samimiy odamlar xonadoniga kiring. Uylanish uchun yigit ekanligi hujjat yig‘ayotgan Shodivoyni, Navoiyni ayronfurush qilib qo‘ygan Dumbultoyni ko‘rasiz, Julqunboyning o‘gay jiyani Jo‘rjning gazetaga yozgan maqolalarini o‘qiysiz. Qishloq ahlining gap-so‘zlari, o‘y-fikrlari, yashash tarzlari, hatti-harakatlari sizni ichagingiz uzilgudek kuldirishga adibning o‘zi kafil.
