👤 Jahon Chetinqoya
📚 Arosatda yetti kecha
📜Rafiqasi og‘ir xastalik oqibatida vafot etgan, do‘stlari bilan qo‘ng‘iroqlashmay qo‘ygan, tushkunlikka tushib qolgan, yolg‘iz va horqin kitob tarjimoni Kan’onning qo‘liga “Rozobodga sayohat” nomli eski kitob tushib qoladi.
Kan’on pahlaviy alifbosida bitilgan, lekin qaysi tildaligi noma’lum bo‘lgan ushbu kitobning sirini topishga qaror qiladi.
Ammo bu asnoda kitob unga o‘z hukmini o‘tkaza boshlaydi. Kan’on endi ortga qayta olmas, uzoq va mashaqqatli safarga chiqib bo‘lgan edi. Kitobning sirlarini topishga urinar ekan, asarda o‘z hayotining akslarini ko‘ra boshlaydi. Boshiga tushgan voqealar orqali sog‘inch va visol, zulmat va yorug‘lik, borliq va yo‘qlik, o‘lim va tiriklik, o‘tmish va kelajak, zolim va mazlum, zohir va botin orasidagi zidliklarga duch keladi.
