» «Boburxonlik» adabiy-badiiy kecha»

Yangiliklar

Bobur Mirzo bizning bobomiz, bizning qonimiz, bizning bolalarimizga g‘urur bilan aytadigan buyuk ajdodimizdir. U Andijonda tug‘ildi, Andijonda kamol topdi. Mana shunday ajdodlarimiz borligi, mana shular Andijon farzandi ekanligini hech qaysimiz, hech qachon unutmasligimiz kerak. O‘zligimizni anglashni shundan boshlashimiz lozim». -Shavkat Mirziyoyev.

Darhaqiqat Bobur o‘zbek tarixida tom ma’noda yirik shaxs. Uning tarixchi olim, zukko adib va dilbar shoir sifatida qoldirgan adabiy merosi bebahodir. Shoh shoir shaxsiyatiga xos 7 fazilat -Vatanparvarlik; -Yuksak himmatlilik; -Jasurlik; -Boshqaruvda benazirlik; -Odamlarga farovonlik sog‘inish; -Jangchilar ko‘ngliga yo‘l topish; -Adolat qilmoqlik. Zahiriddin Bobur hikmatlaridan namunalar «Shafqatsiz kishi azobga loyiqdir.» «Yaxshi kishilarni Yaratgan yaxshi do‘stlar bilan siylaydi.» «Ko‘pchilik bahodirlar qanchalar kuchli bo‘lmasinlar, ular hargiz o‘z jahllari va qo‘rquvlaridan ustun kela olmaydilar.» «Ko‘nglingni dinlarning muhokama maydoniga aylantirma. Adolat o‘rnatishda insonlarning e’tiqodiga chuqur hurmatda bo‘l.» Mirzo Bobur to‘g‘risida 6 ta jahonshumul fikrZahiriddin Muhammad Bobur kabi mumtoz insonlarni dunyoga bergan xalq hech qachon xor bo‘lmaydi, muqarrar tarzda saodatga erishadi. Bobur Hindistonga kelgandan keyin katga siljishlar yuz berdi va yangi rag‘batlantirishlar hayotga, san’atga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi. Bugun Muzrabot tuman Axborot – kutubxona markazida markaz xodimlari va 2-maktab kutubxonachisi Ro’ziqulova M. va shu maktabning 7-sinf o’quvchilari bilan hamkorlikda o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Boburxonnlik” mavzusida adabiy-badiiy kecha bo’lib o’tdi. Tadbirda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, g’azallari, ruboiylari, saxna ko’rinishlari va kuy qoshiqlar ijro etildi.Tadbirda faol qatnashgan tabdir ishtirokchilariga faxriy yorlig’lar va estalik sovg’alari berildi.