Kitob, avvalo hayotiy maktab, ma’naviyat manbai. U kitobxonni hayot bilan tanishtiradi, unda hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi. Atrof-muhitga, tabiatga ijobiy munosabatini shakllantiradi. Bola dunyoqarashining shakllanishida ertaklarning o’rni beqiyos. Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxasssisi Y.Xoliyorova tomonidan «Bolaga kitob bering» shiori ostida tumandagi 2-sonli MTT tarbiyalanuvchi bolajonlar ishtirokida «Urto’qmoq» ertagini o’qib eshtirdi va «Bilag’on» o’yini o’tgazildi.
