Bolajonlar uchun qiziqarli va foydali mashg‘ulot.

Yangiliklar

🧸📚 Bolajonlar uchun qiziqarli va foydali mashg‘ulot 📚🧸
15-maktabda joylashgan 6 yoshli tarbiyalanuvchilar bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi bilan hamkorlikda ertaklar asosida suhbat hamda so‘z o‘yinlari tashkil etildi. Tadbir bolalarning nutqi, tasavvuri va mustaqil fikrlashini rivojlantirishga qaratildi.
Mashg‘ulot tarbiyachi Tursunova Maqsuda rahbarligida o‘tkazilib, unda 60 nafar 6 yoshli tarbiyalanuvchi bolalar faol ishtirok etdilar. Bolajonlar ertak qahramonlari orqali ezgulik, do‘stlik va mehr-oqibat tushunchalarini o‘zlashtirdilar.
🌈 Bolalar bilan o‘tkazilgan har bir mashg‘ulot — kelajakka qo‘yilgan mustahkam poydevor!