Joriy yilning 20-noyabr kuni Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumanning 10-sonli Bolalar Musiqa va sa’nat maktabida bo’lishib kichkintoy kitobxonlarimiz uchun o’ziga xos va yoqimli suhbat tashkil etdi! 😊
“Bolalar va kitob – do’stlik sirlari” mavzusidagi ushbu kitob targ’iboti tadbirida yosh o’quvchilar bilan kitob o’qishning foydalari, kitoblarning qanchalik qiziqarli dunyolarga olib borishi va kitoblar bilan qanday do’stlashish mumkinligi haqida suhbatlashildi.
Tadbirlarimiz davom etadi! Barcha bolajonlarni kutubxonamizga tashrif buyurishga chorlaymiz! 🎈

