Booktreyler

Video lavhalar

Marg‘ilonda Kumushni ko‘rdim,
Ko‘ziga yosh olib turibdi.
Sochlarini maydalab o‘rib,
Otabekni kutib yuribdi.
Tongda turib qalam qoshiga
O‘sma qo‘ygan ekan, quribdi,
Ko‘zdan oqqan achchiq yoshlari
O‘smasini yuvib turibdi…
Meni bir o‘y qiynaydi, yomon,
Yana yurak o‘ynaydi, yomon.
Qo‘yvor zamin, qo‘yvor osmon,
Men uyimga yetaman qachon?
Meni bir o‘y qiynaydi, yomon,
Yurak yana o‘ynadi yomon.
Toshkentga qiz berma Marg‘ilon –
Qodiriy yo‘q, Zaynablar omon!

“Har bir o’zbek o’qishi shart bo’lgan” “O’tkan kunlar” .
Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi “Fondlarni saqlash va ularga ishlov berish” bo’limi mutaxassisi Roziya To’raqulova tomonidan tayyorlangan #booktreyler