«Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostida Respublika III “Kitobxonlik haftaligi” ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar

 

Bugun 10-aprel kuni “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasi ostida Respublika III “Kitobxonlik haftaligi” ning ochilish marosimi Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi va hududiy axborot-kutubxona markazlarida bo’lib o’tmoqda. Ushbu tadbirni ochilish marosimiga tuman Hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Muzrabot tuman bo‘linmasi, tuman Xalq ta’lim bo’limi ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tuman Axborot-kutubxona markazi direktori B. Xursanov “Kitobxonlik haftaligi” kutubxonachilar va kitobxonlar uchun kompleks tadbirlar majmuasi bo‘lib, asosiy maqsadi kitob va kitobxonlik targ‘ibotidir. “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tayotgan “Kitobxonlik haftaligi”ning dasturidan o‘rin olgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar to‘g‘risida ishtirokchilarga so‘zlab o‘tishdi va barcha kitobsevar yurtdoshlarimizni haftaligimizda faol ishtiroki etishga chorlab qoldi. Tadbirda tumandagi 1 umumta’lim maktabi va 8 IDUM o’quvchilari faol ishtirok etdi. Yurtimizda o‘tkazilayotgan kitobxonlik haftaligi doirasida “Kitob bizni birlashtiradi” shiori ostida ijodkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirni tuman Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’limi rahbari Z.Mamatova kirish so‘zi bilan ochdi va barchani o‘tkazilayotgan adabiyot bayrami bilan tabrikladi. Tuman Axborot-kutubxona markazida «Kitobsevar millat» shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida kitoblar taqdimotlari, kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi.