Yoz o’tmiqda soz, quyosh har tong o‘zining oltin nurlarini yer yuziga sochmoqda. Ayniqsa, yozgi ta’til fasli yoshlar uchun eng qudratli boylik, vaqtni to‘g‘ri yo‘naltirish imkonini yaratadi. Shu bois, bu davrda yurtimiz bo‘ylab yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lida ko‘plab loyihalar, tashabbuslar amalga oshirilmoqda.Shulardan biri “Dolzarb 90 kun” loyihasi. Bu loyiha doirasida ko‘plab tashkilotlar, ijodiy markazlar yoshlarni ilmga, kitob o’qishga, tafakkurini kengaytirishga undovchi faoliyatlarga jalb qilmoqda. Bugun Muzrabot tuman axborat-kutubxona markazi hodimlari tumanning 1-maktab qoshida faoliyat olib borayotgan “Bunyodkor bolalar” to’garak a’zolari bilan birgalikda “Birgalikda kitob o’qiymiz” nomli mutolaa soatini o’tkazdilar.Tadbir davomida mutaxassislar bolalar bilan birgalikda yangi nashr etilgan kitoblarni o’qidilar va bolalardan ertakni tushunganlaricha so’zlab berishlarini so’radilar.