Buyuk adib xotirasiga ehtirom.

Yangiliklar

📚 Buyuk adib xotirasiga ehtirom 📚
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Mahmudova Yu. tomonidan jahon adabiyotining atoqli namoyandasi, mashhur rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexov tavalludiga bag‘ishlab kitoblar targ‘iboti o‘tkazildi.
Targ‘ibot davomida Chexovning hayoti va ijodi, uning hikoya hamda dramalarining ahamiyati haqida ma’lumotlar berilib, kutubxona fondida mavjud asarlar kitobxonlarga tanishtirildi. Tadbir kitobxonlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
📖 Adabiyot — inson qalbining ko‘zgusi