Buyuk rus adibi,dramaturg va nasr yozuvchisi – Aleksandr Sergeyevich Pushkinning hayoti, ijodi va ulkan merosi»

Yangiliklar

Buyuk rus adibi,dramaturg va nasr yozuvchisi – Aleksandr Sergeyevich Pushkinning hayoti, ijodi va ulkan merosi»

Dunyodagi har qanday xalqning donishmandligi va qalb nazokatini o`zida mujassamlantirgan shoiri bo`ladi. Rossiya, nafaqat Rossiya butun dunyo rusiyzabon kishilarida inson ma`naviy olamining musavviri, shubhasiz, Aleksandr Sergeyevich Pushkin. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk va mutlaq nekbin bo`lib yetishdi. Bu xususida rus xalqining buyuk shoiri Aleksandr Blok: «Pushkinning nomi naqadar jarangdor», – deb ta`riflagan edi.Aleksandr Sergeyevich Pushkin – yangi rus adabiyotining realistik yo‘nalishiga asos solgan ulug‘ rus adibi, dramaturg va nasr yozuvchisi, adabiyot tanqidchisi va nazariyachisi, tarixchi, publisist, XIX-asr birinchi yarmining eng oro‘li adabiyot arboblaridan biri.Chinakam san`at asari zamonlar o`tishi bilan qarimas, aksincha, har qaysi zamonda avval uncha ko`zga tashlanmagan yangi qirralari jilolanib yasharib borar ekan. Pushkinning qay bir asarini o`qimang, ular xuddi kechagina yozilgandek tuyuladi. Shuning uchun ham bugungi kunda bu asarlar har qanday sarhadlardan oshib o`tib, dunyoning hamma go`shalariga yetib bordi. Bugungi kunda Pushkin Yevropava Osiyoda, Afrika va Avstraliyada ham, Shimoliy va Janubiy Amerika qit`alarida ham kitobxonlarning eng sevimli yozuvchilaridan biri bo`lib qolgan.