«Buyuk salohiyat sohibi»

Yangiliklar

2024-yil 5-aprel kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Buyuk salohiyat sohibi” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. Unda Amir Temurning hayot yo‘li, dalat boshqaruvi va harbiy mahoratiga aloqdor kitoblar, rasmlar va jurnallar o‘rin olgan.

Amir Temur 1336-yil 9-aprel kuni Xo‘ja Ilg‘or (Shahrisabz) qishlog‘ida dunyoga kelgan. Amir Temurning asosiy maqsadi – tarqoq o‘lkalarni birlashtirib, saltanatni kengaytirish va yagoda davlat hosil qilishdan iborat edi. Amir Temur o‘zi yaratgan mamlakatga poytaxt qilib Samarqand shahrini tanlaydi. So‘ngra Amudaryo va Sirdaryo orasi, Farg‘ona va Shosh davlatlarini o‘ziga qo‘shib oladi.

Amir Temur iste’dodli insonlarga ehtirom ko‘rsatib, ko‘magini ayamadi, nufuzli olimu fuzalolar bilan maslahatlashgan holda ilm-fan, shaharsozlik, ziroatchilik, hunarmandchilik va boshqa sohalarni qayta tiklashga bosh bo‘ldi, jamoat binolari, machit, madrassalar va turli inshootlar qurdirdi. “Temur tuzuklari” asari haligacha yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘z xissasini qo‘shmoqda. “Temur tuzuklari” nasixatlar kitobida Sohibqiron Amir Temur yurtni dushmanlardan ozod etish, mamlakat hududini kengaytirish, lashkar qudratini yuksaltirish bilangina cheklanmadi, harb ilmining dahosining davlatni idora qilish tartib-qoidalari, turli mansab egalari vazifalari, xayri sadaqa qilish tartibi, soliq solish va uni to‘plash tartibi, harbiy yurishlarni o‘tkazish va qo‘zg‘olonni bostirish qoidalarini bayon etgan. Temur davrida turli inshootlar: machit, madrasa, maqbaralar, xammomlar va karvon saroylar qurilgan.

Ko‘rgazmada “Amir Temur”, «Temur tuzuklari», «Amir Temur saltanati», «Sohibqiron yog’dusi», «Samarqand ismonidagi yulduzlar», » Sohibqiron» kabi kitoblar o‘rin olgan.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan foydalanuvchilar tarixda o‘chmas iz qoldirgan buyuk shaxs, ulkan bunyodkor, yirik davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi Amir Temur hayotini o‘rganishga yordam beruvchi adabiyotlar bilan yaqindan tanishadilar.