Kitob – hayotni yaratuvchi murabbiydir.”

Kitob – hayotni yaratuvchi murabbiydir.” Ma’naviyatni yuksaltirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasi insonni ma’naviy kamolot sari yetaklashini, insonni har tomonlama yetuk, komil shaxs sifatida shakllanishidagi o’rni nihoyatda beqiyosdir. Shu munosabati bilan Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari tumandagi 1-umumta’lim maktabi o’quvchilari o’rtasida “Kitob – hayotni yaratuvchi murabbiydir.” shiori ostida targ’ibot ishlari olib borildi.

Batafsil

Devoni hikmat” Xoja Ahmad Yassaviy Qo‘lingizdagi hikmatlar devoni Sharq madaniyati tarixiga katta ta’sir ko‘rsatgan yirik mutasavvuf olim va shoir Xoja Ahmad Yassaviy qalamiga mansub bo‘lib, birinchi marta uning nisbatan to‘liq nashri e’lon qilinmoqda. Bundan tashqari, kitobga tasavvufdagi darveshlik oqimining asoslarini bayon qiluvchi «Faqrnoma» risolasi ham kiritilgan. Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Batafsil

“Tafsiya etamiz”

Chingiz Aytmatovning “Alvido, Gulsari!” va “Sarvqomat dilbarim” qissalari odamoxunlik, insonparvarlik, mehr-muruvvatlilik yoinki sado­qat timsoli bo‘lib aks etadi. “Sarvqomat dilbarim” asarida yozuvchi qah­ramonning turg‘unlik yillarini yashay olmay Asalga xiyonat qi­lib hamda farzandi Samadni tashlab ketib, oradan vaqt o‘tib qaytib kel­ganida esa hech narsa ilgarigi kabi emasligini ko‘rgan Ilyos haqida hikoya qiladi.

Batafsil

“Inson huquqlari – oliy qadriyat.”

Inson huquqlari – bu insonning tug‘ilishidan to vafot etguniga qadar butun umri davomida unga hamrohlik qiladigan huquq va erkinliklardir. Ushbu universal huquqlar millati, jinsi, irqi yoki etnik kelib chiqishi, rangi, dini, tili yoki boshqa huquqiy maqomidan qat’i nazar, hech qanday kamsitishlarsiz barcha uchun xosdir. Inson huquqlari yashash huquqi kabi eng asosiy huquqlardan tortib, munosib turmush […]

Batafsil

G’afur G’ulom tavalludining 121-yilligi

G‘afur G‘ulom — O‘zbekistonning taniqli yozuvchisi. G‘ofur G‘ulomning she’riyati va nasrida o‘zbek xalqi tarixi o‘zining badiiy timsolini topgan. Yozuvchining ijodi rang-barang — she’rlar, qo‘shiqlar, dostonlar, qasidalar, hikoyalar, qissalar. G‘ofur G‘ulomning urushdan keyingi davrdagi ijodi o‘zbek adabiyoti rivojida beqiyos o‘rin tutgan. G‘afur G‘ulom, shuningdek, Pushkin, Lermontov, Griboyedov, Mayakovskiy, Nozim Hikmet, Rustaveli, Nizomiy, Shekspir, Dante, Bomarshe va […]

Batafsil

“Xotira abadiydir”

Xotira – muqaddas va aziz tuyg‘u. Xotirlash bu har bir insonning yaqinlarini qadrlash, bu olamdan o‘tib ketgan insonlarni eslash va ularning xaqqiga duo qilishdir. Xalqimizda “Qadr etgan qadr topadi”, degan naql bor. Haqiqatdan ham, inson o‘zgalarga samimiyatda bo‘lib, hurmat-ehtirom ko‘rsatsa, o‘zi ham atrofdagilarning shunday munosabatiga sazovor bo‘ladi. Joriy yilning 7-may kuni Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi […]

Batafsil

“XOTIRA MUQADDAS – INSON QADRI AZIZ”

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan xalqimizning ezgu fazilatlari yanada yorqin namoyon bo’ladi. Ikkinchi jahon urushi dahshatlarining guvohi bo’lgan kishilar tobora kamayib bormoqda. Yoshlikning navqiron chog’larini urush olovlarida, janggohlarda o’tkazib, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati beqiyosdir. Shu o’rinda Ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, […]

Batafsil

“Ona mutolaa qilsa, bola kitobxon boʻladi.”

Kitob mutolaasiga havas avvalo, oiladan boshlanishi, ota-onalar farzand-larida kitob o’qishga mehr uyg’otishi uchun o’zlari kitobxon bo’lishlari lozim Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-401-son qarorning 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida. Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari “Yangi hayot” mahallasi xonadonlarida bo’lishib. “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Ona mutolaa qilsa, bola […]

Batafsil

“Muhammad Yusufni yod etib.”

Muzrabot tuman Axbborot-kutubxonaa markazi hodimlari va kitobxon yoshlari o’rtasida “Muhammad Yusuf ni yod etib.” mavzusida davra suhbati va kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi. Muhammad Yusuf – el ardog’idagi shoir Bu yil tavalludiga 70 yil to‘lgan shoir Vatanni onadek yaxshi ko‘rar, vatanparvarlikni ulug‘lardi. Undan chinakam, betakror ijodiy meros qoldi. Shoir Muhammad Yusufning she’rlarini yod olmagan, qo‘shiqlarini sevib […]

Batafsil