Metodik-amaliy yordam ko‘rsatildi.

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan 15-maktab kutubxonachilariga metodik-amaliy yordam ko‘rsatildi. Ushbu jarayonda kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish, kitob fondidan to‘g‘ri foydalanish, kitobxonlar bilan ishlash uslublari hamda zamonaviy kutubxona xizmatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Metodik yordam kutubxonachilarning kasbiy mahoratini oshirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

Batafsil

“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz”

“Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Vallayeva N. va Mahmudova Yu. tomonidan mazmunli kitobxonlik tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga mutolaaning inson hayotidagi o‘rni, kitob o‘qishning ahamiyati hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishda kitobning tutgan o‘rni haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, turli badiiy va ma’rifiy adabiyotlar targ‘ib qilinib, kitobxonlarda o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga […]

Batafsil

“Yangi yil orzulari” – quvonch va bolajonlar kulgusi bilan.

🎄✨ “Yangi yil orzulari” – quvonch va bolajonlar kulgusi bilan ✨🎄 26-dekabr kuni Muzrabot tumani 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlar ishtirokida “Yangi yil orzulari” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida bolajonlar o‘zlarining quvnoq chiqishlari, she’r va qo‘shiqlari orqali Yangi yil kayfiyatini ulashdilar. Bayramona ruhda o‘tgan ushbu tadbirda Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol […]

Batafsil

Biz sizga eng yaxshisini tavsiya qilamiz.

Sobiq Sovet va mustaqillikning dastlabki choragida “zapret” da bo’lgan kitob haqida gap ketganda, nima uchun shunday bo’lgan ekan, ha deb o’ylab qolaman. Kitobni o’qib ko’rib shuni bildimki, sizning dunyoqarashingiz va nimalar haqida ko’proq o’ylashingiz siz yashab turgan jamiyatga bog’liq bo’larkan. Kitobda keladigan quyidagi iqtibosga diqqat qiling: “Ular toki ongli bo’lmaguncha, isyon qilmaydilar, isyon qilmaguncha ongli […]

Batafsil

Biz sizga tavsiya qilamiz.

📖 “KETS YULDUZI” (http://book.uz/kets-yulduzi)Oyga uchishni, yulduzlarni yaqindan tomosha qilishni orzu qilmagan inson yo‘q. Bu istakni fantast yozuvchi Aleksandr Belyaev «Kets yulduzi» asari orqali amalga oshirishga yordam beradi. U o‘z qahramonlari, Kets yulduzida ilmiy ishlarini olib borayotgan olimlar bilan birga kitobxonni samoviy sayohatga chorlaydi. Yerning sun’iy yo‘ldoshi Ketsda hayvonlarning fikrlab gapirishi, o‘simliklarning o‘rmalashi, shuningdek, Oyning bizga […]

Batafsil

Kitob o‘qing — fikrlang, rivojlaning!

📖 Kitoblar targ‘iboti o‘tkazildi Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi  mutaxassisi Xulkaliyeva S.tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay kitob o‘qiymiz” loyihasi doirasida kitoblar targ‘iboti o‘tkazildi. Tadbir davomida aholiga va yosh kitobxonlarga badiiy hamda ma’rifiy adabiyotlar tanishtirilib, mutolaaning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarni kitob o‘qishga keng jalb etish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga da’vat etish maqsadida tavsiyalar berildi. […]

Batafsil

Ko‘chma kutubxonada adabiy davra suhbati

Ko‘chma kutubxonada adabiy davra suhbati Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan ko‘chma kutubxona faoliyati doirasida taniqli bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilar adibning bolalar adabiyotidagi o‘rni, uning asarlarida aks etgan tarbiyaviy g‘oyalar hamda yosh avlod ma’naviy kamolotidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Shuningdek, yozuvchining mashhur asarlari yuzasidan savol-javoblar […]

Batafsil

Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani!

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlarning mutolaa madaniyatini oshirish, ularning qiziqishlari va ehtiyojlarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma jarayonida ishtirokchilar kutubxona xizmatlaridan foydalanish darajasi, eng ko‘p o‘qiladigan adabiyot turlari hamda kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. So‘rovnoma natijalari kitobxonlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, yangi loyihalar va tadbirlarni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 📚 […]

Batafsil

“Kitob – eng yaxshi do‘stim”

📚 “Kitob – eng yaxshi do‘stim” 📖 Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi M. Boltayeva tomonidan tumanning Bodomzor mahallasidagi 12-maktab 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida kitoblar targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilar: ✨ Kitob o‘qishning foydasi bilan tanishdi ✨ Turli janrdagi kitoblar bilan yaqindan tanishdi ✨ O‘z sevimli kitoblarini boshqalar bilan bo‘lishdi Mavzu: “Kitob – bilim, do‘stlik va […]

Batafsil

Metodik-amaliy yordam ishlari olib borildi.

Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari  tomonidan  tumanning 31-sonli umumta’lim maktabida kutubxonalarida metodik-amaliy yordam ishlari olib borildi. Tashrif davomida kutubxonachining faoliyati, fond holati, kitoblar bilan ishlash jarayonlari hamda o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mutaxassis tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda ko‘mak ko‘rsatildi: Kutubxona fondini tartibga solish, klassifikatsiya va indekslash bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Elektron statistik […]

Batafsil