“Kitob inson hayotidagi o’rni” nomli so’rovnoma

Eng yaqin do‘stimiz, aslida kitobdir. Mutolaa bilan ma’naviyatimiz oshadi, dunyoqarashimiz kengayadi, fikrlarimiz teran bo‘ladi. Qiyin vaziyatlarda, sinovli damlarda o‘zimizni qanday tutishni, qay yo‘ldan ketishni anglab yetamiz. Ha, kitob shunday do‘stki, biz uchun faqat va faqat yaxshiliklarni, ezguliklarni ravo ko‘radi. Joriy yilning 31-yanvar kuni tumanning “Madaniyat” MFY.da istiqomat qiluvchi nuroniy kitobxonimiz Xikmatov Zarif bobo axborot-kutubxona markazimizga […]

Batafsil

” Moviy jamadon ” tashrifi

2025 yil 31 yanvar kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari Roziya To’raqulova va Nasiba Nazarovalar tomonidan tumanning 92-sonli oilaviy nodavlat MTM tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda Moviy jamadon loyixasi doirasida “Yumshoqoy  ismli tipratikatcha” ertagini ovozli o’qish tashkil etildi va bolajonlarga o’qib eshittirildi. Ertaklar – Bola dunyoqarashining shakllanishida ertaklarning o’rni beqiyos. Kichkintoylar ertaklarning sehrli olamiga sayr qilish orqali […]

Batafsil

Siyosiy ma’rifat soati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan navbatdagi siyosiy-ma’rifat o‘quv soati 2025-yil 31- yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Siyosiy-ma’rifat o‘quv soati avvalida yurtimizda va xorijda yuz berayotgan ahamiyatga molik voqea va hodisalar tafsiloti bilan tanishtirib o‘tildi. Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazining bir guruh xodimlari ushbu siyosiy-ma’rifat o’quv soatida ishtirok etdi.

Batafsil

Hisobot yig’ilishi

Joriy yilning 21-yanvar kuni Аdib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat axborot -kutubxona markazi hamda АOKА hudidiy boshqarmasi bilan 2024 yil yakunlari hamda 2025 yilda amalga oshiriladigan vazifalar boʼyicha tuman axborot -kutubxona markazi rahbarlari ishtirokida hisobot yigʼilishi boʼlib oʼtdi.Viloyatda 13 ta tuman axborot -kutubxona markazlari faoliyat olib bormoqda.Viloyatimiz hokimi tashabbuslari bilan Qumqoʼrgʼon,Muzrabot tuman axborot -kutubxona markazlari […]

Batafsil

Targ’ibot ishlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi kengaytirilgan yig‘ilishi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 50-sonli yig‘ilish bayoni ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2024-yil 12-yanvardagi 5-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 6(21) bandi: “Madaniyat markazlari va kutubxonalar faoliyati samaradorligini oshirish orqali aholi xususan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish” bo‘yicha Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi […]

Batafsil

“Mustaqil davlat asoschisi” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi

Islom Abdugʻaniyevich Karimov oʻzbek xalqining ulugʻ farzandi, mustaqil Oʻzbekiston davlati asoschisi, mamlakatni 1989-yildan 2016-yilga qadar boshqargan davlat arbobi, kuchli siyosatchi, millat yetakchisidir. Islom Karimov 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston mustaqilligini e’lon qilgan. 30-yanvar Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov tavallud topgan kun.Joriy yilning 28-yanvar kuni Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari uning xotirasiga bagʻishlab “Mustaqil davlat asoschisi ” mavzusida […]

Batafsil

O’lmas Umarbekov hayoti va ijodiga bag’ishlangan davra suhbati

25-yanvar O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘lmas Umarbekovning tavallud kuni munosabati bilan 27-yanvar kuni Muzrabot tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari S.Beknazarova va M.Bobomurotova yozuvchining markazdagi mavjud adabiyotlari haqida davra suhbati va bibliografik obzor o‘tkazdi. Suxbatdan so‘ng o‘quvchilar kutubxonaga a‘zo bo’ldilar va  o‘qish uchun yozuvchining asarlaridan oldilar.

Batafsil

“Iste’dodli yozuvchi” nomli kitob ko’rgazmasi

📚Joriy yilning 27-yanvar kuni Muzrabot tumani axborot -kutubxona markazida Òzbekiston xalq yozuvchisi,Òzbekistonda xizmat kòrsatgan san’at arbobi va iste’dodli adib Ò’lmas Umarbekov tavalluding 91 yilligiga bag’ishlab,”Iste’dodli yozuvchi” mavzusida ko’rgazma  tashkil etildi. Ko’rgazmadan O’lmas Umarbekovning kitoblari joy oldi.

Batafsil

“Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” nomli davra suhbati

Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili Prezidentimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilgani Yangi O‘zbekistonda ona tabiatni asrab-avaylab, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaldagi yana bir ifodasi bo‘ldi. Aslida mamlakatimizning go‘zal tabiati, musaffo havosi, zilol va shifobaxsh suvlari asrlar davomida insoniyatni […]

Batafsil

Ko’rgazma tashkil qilindi

Prezident  Shavkat  Mirziyoyev  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  majlisidagi  nutqida  ekologiya  va  iqlim  o’zgarishi  masalalariga  to’xtaldi. El –  yurtimizning  fikr- mulohazalari, xoxish  –  istaklarini  atroflicha  o’rganib, bildirilgan  tavsiyalardan  kelib  chiqqan  holda,  bu  boradagi  ishlarni yangi, yanada  yuksak  bosqichga  ko’tarish  maqsadida  Shavkat  Mirziyoyev  2025  yilni  yurtimizda “Atrof  – muhitni  asrash  va  “yashil ” iqtisodiyot yili ” deb  […]

Batafsil