“Oʻzbegim” qasidasi oʻz vaqtida xalq oʻrtasida og‘izdan tushmaydigan bo‘lib qolgan edi. Bu qasida 60-yillar muallif sheʼriyatining eng avj pallasi hisoblanadi. Bu o’rinda qasidani maxsus sharhlab o‘tirishga hojat yo‘q: u haqda koʻp yozildi. Asar darsliklardan joy olgan. Millatning sha’ni-g’ururi toptalgan, tarix darsliklarimizda xalqimizning shonli o’tmishi qora boʻyoqlar bilan bulg’angan, har tongda kuylanadigan davlat madhiyasi ulug’ og’aga, partiyaga hamdu sanolar bilan boshlanadigan zamonlarda kechmishning shonli sahifalarini ulug’lovchi “Oʻzbegim” qasidasi g’ayrirasmiy milliy madhiyaga aylandi. Qasida shoirni mashhur qilgan sara sheʼrlaridan biridir.
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Beknazarova Sayyora o’qidi.