Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazida xodimlari va tumanning 13-MTM tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari hamkorligida 2-iyul davlatimiz qudrati va hurligimiz ramzi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan joriy yilning 1-iyul kuni «Davlatimiz ramzlari muqaddasdir» nomli davra suhbati oʻtkazildi.
Mutaxassis kitobxonlarga gerb qabul qilingan kun haqida maʼlumotlar berdi va mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbiga hurmat bilan munosabatda boʻlishi shart ekanligini aytib oʻtdi.
Bayroq, gerb, madhiya… Bu uch soʻzni davlat tushunchasidan ayri tasavvur qilish qiyin. Bu uch milliy timsolda xalqning oʻtmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, tiynati, orzu-oʻyi, maslak-maqsadi mujassam.
Davra suxbati davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan davlat ramzlari,vatan va unga sadoqat haqida she’rlar ifodali aytib berishdi.