«Kitob mutolaasiga havas avvalo, oiladan boshlanishi, ota-onalar farzandlariga kitob o’qishga mehr uyg’otishi uchun o’zlari kitobxon bo’lishi lozim».
©Sh.Mirziyoyev
Muzrabot tumani axborot-kutubxona markazining tadbirlar zalida 15-aprel atoqli olim Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tavalludining 73 yilligi munosabati bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.
Bugungi uchrashuvga 15-maktab kutubxonachisi kitobxon onalarimizdan O’. Jumayeva hamda 55-maktab o’qituvchisi onalarimizdan biri G.Egamberdiyevalar qatnashdilar.
Onalarimiz o’zlari o’qigan «Mo’minlarning onalari», Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Tarixi Muhammadiy», «Baxtiyor oila» kutubxonamiz mutaxassisi M.Atoyeva «Saodat asri tarixi» nomli kitobini o’quvchilarga gapirib berildilar.