“Do‘stim — kitobim” mavzusida kitob targ‘iboti

Yangiliklar

📚 “Do‘stim — kitobim” mavzusida kitob targ‘iboti 📚
📖 Muzrabot tumani Axborot-kutubxona markazi Bolalar bo‘limi tomonidan faol kitobxon bolalar ishtirokida “Do‘stim — kitobim” mavzusida kitob targ‘iboti tadbiri o‘tkazildi.
📚 Tadbir davomida bolalar bilan kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning foydasi haqida samimiy suhbat olib borildi. Suhbat juda qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.
📖 Ishtirokchi bolalar o‘zlari sevib o‘qigan hikoya va ertak qahramonlari haqida so‘zlab berib, kitoblar haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
📚 Mazkur tadbir yosh kitobxonlarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish va mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.