“Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz”
11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan
Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz” shiori ostida tumanning 58-maktabi o’quvchilari Xolboyeva X.,Xolboyeva D va TERDU talabasi Musurmonova M. birgalikda ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiyaning maqsadi — qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni kitob o‘qishga, bilim olishga, ezgulik va tinchlik g‘oyalariga sodiq bo‘lishga chorlashdan iboratdir.
Xalqaro qizlar kuni — bu nafaqat bayram, balki har bir qizning o‘z imkoniyatlarini namoyon etish, dunyoni tinchlik va ezgulikka chorlaydigan kuch ekanini anglash kunidir.

