Ekskursiya

Yangiliklar

2024-yil 29-iyul Muzrabot  tuman Axborot-kutubxona markazida tumanning “Yo’lchi” mahallasi yoshlari  ishtirokida kutubxona bo’ylab sayohat tashkil etildi. Ekskursiya davomida ishtirokchilarga kutubxona faoliyati, axborot-kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar kutubxonaning bolalar bo’limi, kitob ko‘rgazmalari va kutubxona yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar.