2025-yil 28-fevral kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markaziga 9-umumta’lim maktabi o’quvchilari tashrif buyurishdi. Ekskursiya davomida o’quvchilar kutubxona bilan yaqindan tanishib, undagi kitob fondi va zamonaviy o‘quv zallari haqida ma’lumot olishdi. Kutubxona xodimlari ularga kitoblarning saqlanish tartibi, kutubxona qoidalari va bolalar adabiyotlarining ahamiyati haqida tushuncha berishdi.
Tadbir davomida kutubxona xodimlari yosh mehmonlarga kitob o‘qishning foydalari, bilim olish va aqlni charxlashdagi roli haqida tushuntirish berishdi.Ekskursiya tarbiyalanuvchilarda katta taassurot qoldirdi. Ular kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, kelajakda bu maskanga yana qaytib kelish istagini bildirishdi. Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazi yosh avlodni bilim va ma’rifatga oshno etishda o‘z faoliyatini davom ettiradi.

