Ekskursiya

Yangiliklar

Bugungi kunda kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yoshlarni badiiy va ilmiy asarlarni mutolaa qilishga chorlash orqali an’analarimizdan kelib chiqqan holda, madaniyatimiz va ma’naviyatimizni yuksaltirib borish har birimizning burchimiz deb bilamiz. Zero adabiyot, ayniqsa badiiy asar avvalo insonga tarbiya vositasi sifatida ta’sir etadi, kitob tufayli dunyoqarashimiz boyib, tafakkurimiz yanada o‘sib boraveradi.
Ta’kidlash joizki, odamlar bir-biri bilan muloqot qilishi uchun jamoat kutubxonalaridanda yaxshiroq joy yo‘q. Aslida ham shunday. Endilikda erishishimiz lozim bo‘lgan narsa, kutubxonalar aholining barcha qatlami uchun birdek mashhur joy bo‘lishi kerak. Ma’lumotlilar, ma’lumotli bo‘lish istagida yurganlar, ishsizlar, o‘quvchilar, yoshlar va katta yoshlilar, mahalliy aholi va mehmonlar — tom ma’noda har kim kutubxonalarning barcha imkoniyatlaridan foydalana olishi kerak.
Ushbu ezgu ishlarni amalga oshirish maqsadida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “Kitob olamiga sayohat” mavzusida tumandagi 25- umumta’lim maktabining  7-8-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Ularning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish, kitob fondida saqlanayotgan kitoblar bilan tanishtirish maqsadida kutubxonaga sayohatlar o‘tkazilmoqda. Ular tadbir davomida nafaqat kitoblar bilan tanishmoqdalar, o‘zlari sevib o‘qigan asarlari, undagi o‘zlariga ideal deb topgan  qaxramonlari haqida suxbatlashib,  fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar. O‘quvchilarning intelektual bilimlarini sinab ko‘rish uchun rebus o‘yinlari o‘tkazilib, bo‘sh vaqtlarida o‘qishlari uchun kitoblar tavsiya qilinmoqda. O‘z navbatida  ishtirokchilar ham she’riyatga bo‘lgan muhabbatlarini monolog va she’rlarda ifoda etmoqdalar. Tadbir yakunida ishtirokchilar uchun kutubxonaga ekskursiya o’tkazildi.

ks