Joriy yilning 13-may kuni Muzrabot tuman Axborot-kutubxona markazida Muzrabot tuman hokimi Baxrom Xidirov tashabbusi bilan
2025 yil 13 may kuni tumandagi umumta’lim maktab 9-11 sinf o’quvchilari o’rtasida “Eng faol kitobxon” ko’rik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarni rag’batlantirish, ularni o’z aql-zakovatini namoyon etishga ko’maklashishga, dunyo qarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish , kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat. Tanlovga tumanning 4-5-6-7-8-12-15-16-17-20-21-22-24-28-29-30-32-34-37-39-45-47-48-50-51-53-54-57 va 8- IDUM umumta’lim maktablarining bilimli – iqtidorli kitobxon o’quvchilari ishtirok etishdi. Tanlovni tuman Axborot-kutubxona markazi direktori B. Xursanov ochib berib, yoshlarni kitobga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida, o’z fikr mulohazalarni bildirib kitobxon yoshlarga omad tiladi.
“Eng faol Kitobxon” ko’rik-tanlov so’ngida 1-o’rinni 7-maktab o’quvchisi Qodirova Munisa, 2- o’rinni 39-maktab o’quvchisi G’afforova Charos, 3-o’rinni 17-maktab o’quvchisi Ergashova Nozimalar g’oliblikni qo’lga kiritdi.
