“Eng faol kitobxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovini ochib berish uchun Muzrabot tumani Axborot-kutubxona direktori B.Xursanov ko‘rik-tanlov qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentabrdagi “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga PQ-4467-son qarori ijrosini ta’minlash, o‘quvchi yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish va ularni kitob mutolaasiga keng jalb qilish, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 28-yanvardagi 04-38-368-xatida belgilangan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida 2025-yil davomida o‘tkaziladigan “Kitobxon festival”larini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tumanida “Eng faol kitobxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichini yuqori darajada o‘tkazilishi haqida aytib o‘tdi.
Shundan so’ng tuman MMTB mеtodisti X. Xatamov so’z olib so’ngi yillarda Kitobxonlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida aytib, o‘quvchi yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun turli xil kitobxonlik tadbirlarni tashkil etish kerakligini aytdi.
Hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra:
I-o‘rinni 7-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Qodirova Munisa,
II-o‘rinni 2-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Egamberdiyeva Baxtiniso,
III-o‘rinni 11-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Eshmurodova Shirinlar g‘olib bo’ldi.